Moskva şahar sudi Rossiya Adliya vazirligi poytaxt boşqarmasining tegişli ma’muriy da’vosini qanoatlantirib, Saxarov markazini tugatdi. 1990 yildan beri mavjud bölgan Andrey Saxarov markazi yuridik şaxslarning davlat reyestridan çiqariladi. Bunday qaror 18 avgust, juma kuni sudya Vyaçeslav Polixa tomonidan qabul qilindi, deb xabar berdi BFM öz muxbiriga tayanib.

Da’vo arizasida NNT faoliyatini tekşiriş çoğida «tizimli qöpol va tuzatib bölmaydigan qonunbuzilişlar» aniqlangani aytilgan. Boşqa narsalar qatorida, Adliya vazirligi Saxarov markazining filiallari bölmagan hududlarda «Andrey Saxarov - davr odami» körgazmasini ötkazişda hududiy faoliyat sohasi prinsipi buzilganini bildirgan. Bundan taşqari, Rossiya rasmiylari tomonidan «çet el agenti» sifatida tan olingan Saxarov markazi tegişli belgilanmagan video materiallarni veb-saytga joylaştirgan va buning uçun bir neça bor ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Mahkama tomonidan taşkilotning ta’sis hujjatlarida ham qonunbuzarliklar aniqlangan. 

Saxarov markazi xodimlari qonunbuzarliklar sodir etilganligini tan olmadi va suddan Adliya vazirligining da’vosini rad etişni söradi. 

Saxarov markazi 1990 yilda taşkil etilgan 

Andrey Saxarov muzeyi va jamoat markazi (2012 yildan - Saxarov markazi) 1990 yilda huquq himoyaçisi, dissident va fizik Andrey Saxarovning bevasi Yelena Bonner, döstlari va hamkasblari taşabbusi bilan uning merosini saqlab qoliş uçun taşkil etilgan. 

2014 yil dekabr oyida Rossiya Adliya vazirligi Saxarov markazini «NNT-çet el agentlari» reyestriga kiritdi. Şundan söng mahkama «nodavlat notijorat taşkiloti - çet el agenti» maqomiga töğri kelganlik fakti ikki marta tekşiriş çoğida aniqlanganini bildirdi. Markazning özi Adliya vazirligi tomonidan ötkazilgan rejali tekşirişda qonunbuzarlik aniqlanmaganini ma’lum qildi. 2023 yil yanvar oyida Rossiya Boş prokuraturasi Andrey Saxarov fondi (The Andrei Sakharov Foundation) Amerika nodavlat taşkilotini «nomaqbul taşkilot» deb e’lon qildi, Saxarov markazi esa Moskvadagi barça binolardan çiqarib yuborilişi töğrisida xabarnoma oldi.