18 avgust kuni Hongkongda siba-inu zotidagi maşhur it Bolsi öldi. Bu haqda itning Instagram'dagi sahifasida uning egalari xabar qildi.

12 yoşli Bolsi operatsiyadan keyin nobud bölgan. Bu it 2020 yil internetda maşhur bölgan Doge va Çimsa itlari haqidagi memdan keyin maşhur bölib ketgandi. Öşa memda aynan Bolsi tasvirlangandi.

Öşa maşhur mem

«Xafa bölmang, Bolsi dunyoga taqdim etgan şodlikni eslab quvoning. Murakkab pandemiya vaqtida uning samimiy tabassumi köpçilikka xursandçilik ulaşgandi. Aftidan, uning missiyasi tugagan körinadi», deb yozişdi Bolsining egalari uning sahifasida.

It betob bölib qolgaç, uning muxlislari operatsiya uçun pul yiğişni boşlaşgandi. Bolsining egalari ortgan pullar mahalliy hayvonlar boqiladigan taşkilotlarga berilişini ma’lum qilgan. Pandemiya vaqtida maşhur bölgan itning Instagram'da öz sahifasi bor va unga 664 ming öquvçi obuna bölgandi.