Ayolning sözlariga köra, qamoqxonada Strelkovning salomatligi yomonlaşgan, qöli işlamay boşlagan va nafas olişi qiyinlaşgan.

«Uni haligaça tibbiy körikdan ötkazişmagan. Nega bunday qilişayotganidan hayratdaman. Buni erimni mazax qiliş deb tuşunaman va bunday holatga rozi bölmoqçi emasman», degan Reginskaya.

2014 yil Ukraina şarqidagi harbiy harakatlar boşlanişida asosiy odamlardan biri bölgan Igor Strelkov 21 iyul kuni Moskvada qölga olingandi. Uni odamlarni ekstremizmga çorlaşda ayblab qölga olişgan. Strelkov oxirgi vaqtlarda uruşda yetarliça keskin harakat qilmayotgani uçun Rossiya hukumati va xususan prezident Putinni tanqid qilib kelayotgandi.

Strelkov «Novorossiya» harakatining faol vakillaridan biri va Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qöllab-quvvatlaydi. U 2014 yil özini özi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» mudofaa vaziri bölganini e’lon qilgandi. Strelkov 2022 yil fevralda boşlangan bosqinda iştirok etişga ham urinib körgan, lekin uning frontga borişiga ruxsat berişmagandi.