AQŞning Montana ştatida Qozoğiston, Qirğiziston, Möğuliston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston va AQŞ harbiy xizmatçilari iştirokida «Mintaqaviy hamkorlik 23» (RC23) maşğulotlari ötkazilmoqda.
Qayd etilişiça, AQŞ tarafidan maşğulotlarga mamlakatning barça hududlaridan xodimlar, jumladan Arizona, Massaçusets, Missisipi, Montana va Virjiniya milliy gvardiyasi harbiylari va uçuvçilari jalb etilgan.
«Maşqlar iştirokçi davlatlar örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaş, hamkorlikda işlaş uçun salohiyat va imkoniyatlarni oşirişga qaratilgan», deyiladi xabarda.
Qayd qilinişiça, Fort-Harrisondagi maşğulotlarning 230 dan ortiq iştirokçisi birinçi bosqiçda harbiy qaror qabul qiliş yoki MDMP bilimlar bazasini yaratdi. Söngra tadbir rasman boşlanganidan söng, AQŞ va hamkor mamlakatlarning xodimlari xalqaro xavfsizlik tahdidiga birgalikda javob beriş könikmalarini şakllantirdi.
«RC23 iştirokçilari mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş, milliy salohiyatni oşiriş, ommaviy qirğin qurollari, terroristik unsurlar va giyohvand moddalarni töxtatiş usullari va tartiblarini takomillaştiriş hamda özaro hamkorlik va ma’lumot almaşişni oşirişga qaratilgan ssenariylarga duç kelişadi», deyiladi xabarda.













