Gvatemala prezidentligiga nomzod, Semilla harakati vakili Bernardo Arevalo prezidentlik saylovida ğalaba qozondi.

Oliy saylov tribunaliga köra, saylov byulletenlarining qariyb 95 foizi hisoblab çiqilganidan keyin, Arevalo 59 foiz ovoz töplagan. Uning raqibi, sobiq birinçi xonimi Sandra Torres 36 foiz ovoz töpladi.

Arevalo Gvatemala poytaxtida ovoz berganidan söng, «Biz hammamiz mamlakat kelajagini belgilaş uçun öz fikrimizni bildirişga haqli va şaraflimiz», dedi.

Lavozimini tark etayotgan va saylovda iştirok etmagan amaldagi prezident Alexandro Jamattei natijalar e’lon qilinganidan köp ötmay, Arevaloni tabrikladi va natijalar rasman e’lon qilingaç, hokimiyatni topşirişni boşlaşni taklif qildi.

Bernardo Arevalo - Gvatemalaning birinçi demokratik yöl bilan saylangan rahbari Xuan Xose Arevaloning öğli. U korrupsiyaga qarşi platforma orqali sayovda qatnaşdi.