Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 1-2 mart kunlari amaliy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi.

Boku şahriga taşrif doirasida davlatimiz rahbari Qöşilmaslik harakati sammitining yalpi sessiyasida iştirok etişi közda tutilgan.

Ozarboyjon tomonining raisligida ötadigan tadbir kun tartibidan pandemiya oqibatlarining ta’siri saqlanib qolayotgan hamda xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka xavf-xatar va tahdidlar kuçayib borayotgan şaroitda köp tomonlama muloqotni rivojlantiriş va amaliy hamkorlikni kengaytirişning dolzarb masalalari örin olgan.

Bundan taşqari, Özbekiston yetakçisi Ozarboyjon prezidenti bilan uçraşib, ilgari erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qilişi rejalaştirilmoqda.

Ta’kidlaş joizki, Qöşilmaslik harakati harbiy-siyosiy bloklar va taşkilotlarda iştirok etmaslikni hamda hamkorlikni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Nizomining prinsip va maqsadlari asosida rivojlantirişni öz taşqi siyosatining asosi etib e’lon qilgan 120 ta iştirokçi davlatni birlaştirgan eng yirik xalqaro tuzilmalardan biri hisoblanadi.