Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Xitoyga taşrifi doirasida Özbekistonning Pekindagi elçixonasida biznes-forum taşkil etildi.
Tadbirda Xitoy savdo-sanoat palatalari, yirik kompaniya va taşkilot rahbarlari hamda OAV vakillari iştirok etdi.
Forum qatnaşçilariga Surxondaryo viloyatining eksport imkoniyatlari hamda sarmoyaviy salohiyati yuzasidan batafsil taqdimot ötkazildi. Xitoy kompaniyalarini viloyatning erkin iqtisodiy va sanoat zonalarida yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanişga çaqirildi.
Qöşni davlatlar bilan samarali savdo, transport va logistika aloqalarini yanada rivojlantiriş maqsadida «Termiz» erkin iqtisodiy zonasi taşkil etilgani ta’kidlandi. Şuningdek, bu yerda sanoat işlab çiqariş sohalarida yirik korxonalar taşkil etiş uçun 120 ta investitsiya loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilgani aytib ötildi.
Forum davomida, şuningdek, «Termiz» xalqaro savdo markazi taqdimoti ham ötkazildi.
Tadbir davomida Surxondaryo viloyati va Xitoyning bir qator yetakçi kompaniyalari örtasida özaro manfaatli hamkorlik kelişuvlari imzolangani aytilmoqda.

















