Test imtihonlari natijalaridan norozi bölgan abituriyentlardan apellyatsiya arizalarini qabul qiliş boşlandi.

Arizani my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning şaxsiy kabinetida) onlayn tarzda 31 avgustga qadar (10 kun) topşiriş mumkin.

Abituriyent apellyatsiya şikoyati berişi uçun test sinovida iştirok etgan va test sinovidan çetlatilmagan bölişi lozim.

Ariza bergan abituriyentga uni körib çiqiş sanasi va vaqti körsatilgan xabarnoma yuboriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda şaxsini tasdiqlovçi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholaş agentligiga borişi kerak.

Apellyatsiya şikoyatlarini körib çiqiş 2023 yil 24 avgustdan boşlanadi.