Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga davlat taşrifi arafasida, 21 avgust kuni Boku şahrida ikki mamlakatning tegişli vazirlik va idoralar, şuningdek, 250 dan ortiq yetakçi kompaniyalari vakillari iştirokida biznes-forum bölib ötdi.

Tadbirga Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Ozarboyjon Iqtisodiyot vaziri Mikail Jabborov hamraislik qildi.

Tadbirda qayd qilinişiça, mamlakatlar örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 2022 yilda 6 barobarga, joriy yil boşidan esa yana 40 foizga oşdi. Ikki davlat rahbarlari tomonidan boşqa çoralar bilan bir qatorda farmatsevtika va neft-kimyo mahsulotlari, plastmassa buyumlar, polimerlar va toğ-kon sanoati mahsulotlarini özaro yetkazib berişni köpaytiriş hisobiga yaqin yillarda bu körsatkiçni 1 milliard dollarga yetkaziş vazifasi qöyilganligi ta’kidlandi.

Bugungi kunda Özbekistonda Ozarboyjon kapitali iştirokidagi 200 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

Ayni paytda avtomobil işlab çiqarişni kengaytiriş, Ozarboyjonda paxta-töqimaçilik va ipakçilik klasterlarini taşkil qiliş, Özbekistonda quriliş materiallari va zargarlik buyumlarini işlab çiqariş böyiça bir qator qöşma loyihalarni amalga oşiriş jarayoni boşlab yuborilgan.

Forum yakunlari böyiça neft va gaz, kimyo va toğ-kon sanoatlari, farmatsevtika mahsulotlari va maişiy texnikani işlab çiqariş sohalarida yirik savdo şartnomalari va investitsiya bitimlari imzolandi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 22−23 avgust kunlari davlat taşrifi bilan Ozarboyjonda böladi.