Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aliyev va Mirziyoyev Qorabog‘da O‘zbekiston tashabbusi bilan qurilgan maktabni ochdi
Mirziyoyev Ozarboyjonga davlat tashrifi doirasida Fuzuliy shahriga bordi.
Ozarboyjon va O‘zbekiston prezidentlari Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyev Qorabog‘ning Fuzuliy shahridagi umumta’lim maktabining ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Ozarboyjon rahbari matbuot xizmatiga tayanib Anadolu xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Fuzuliy shahrida 960 o‘rinli Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab qurilgan.
Shuningdek, Ozarboyjon va O‘zbekiston rahbarlari shahar aholisi bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
1993 yildan 2020 yilga qadar Fuzuliy shahri va viloyatning katta qismi armanlar nazorati ostida bo‘lgan. 2020 yil 17 oktyabrda Fuzuliy Ozarboyjon nazoratiga qaytdi. Shundan so‘ng, shaharda keng ko‘lamli tiklash va qurilish ishlari boshlandi.
2023 yil iyul oyida prezident Ilhom Aliyev 17 oktyabrni Fuzuliy shahri kuni deb belgilab, uni har yili tantanali ravishda nishonlash haqidagi qarorga imzo chekdi.
Mavzuga oid
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
20:25 / 17.05.2026