2023/2024 öquv yili uçun imtihon yakunlariga bağişlangan matbuot anjumanida kontrakt-tölovlari miqdori va magistratura javoblari qaçon e’lon qilinişi haqida ma’lumot berildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qabul jarayonlarini taşkil etiş bölimi boşliği Abdusamat Mamanazarovning ma’lumot berişiça, kontrakt-tölovlarining miqdori Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birga şakllantirilgan. Rasmiy tasdiqlangaç, öquv yili boşlangunça e’lon qilinadi.

“Oşirilgan va super tölov-kontrakt ham davlat komissiyasi tomonidan belgilab beriladi. Sirtqi, kunduzgi yoki keçki ta’lim şakllari uçun super konraktga qabulda çeklovlar bölmaydi, birdek amal qiladi. Faqat OTMning moddiy-texnik bazasi va professor-öqituvçilar bilan ta’minlanganiga e’tibor qaratiladi”, – dedi vazirlik vakili.

Şuningdek, Kun.uz muxbiri vazirlik vakilida magistraturaga qabul natijalari qaçon e’lon qilinadi degan savol bilan murojaat qildi.

Mamanazarovga köra, magistraturga qabul natijalari ham 30 avgustga qadar tasdiqlanadi. Hozir barça tanlovlar tahlil qilib bölingan. Xorijiy tilni biliş böyiça sertifikatlar ularning asosiy bazalarida sörovnoma yuboriş orqali aniqlangan.

“Faqat natijalarni oliy ta’lim muassasalari kesimida tasdiqlab e’lon qilinişi kutilmoqda. Bu öquv yili boşlangunga qadar amalga oşiriladi”, – dedi bölim boşliği.