Özbekistonning Qanot Sharq aviakompaniyasi vodiyning asosiy havo darvozasi sanalgan Namangan xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistonining Jidda şahriga birinçi parvozni muvaffaqiyatli amalga oşirdi. Aviakompaniya hozirgi kunga qadar arab mamlakatiga aviareyslarni Toşkent şahridan bajarib kelgan.
Aviakompaniyaning Airbus A321 rusumli havo kemasi Namangan şahridan Jidda şahriga Umra ziyoratini ado etiş maqsadida otlangan 193 nafar yölovçini yetkazdi.
Qayd qilinişiça, «Namangan-Jidda-Namangan» yönalişidagi reyslar haftada ikki marta, yakşanba va seşanba kunlari amalga oşiriladi.
Bundan avval CentrumAir aviakompaniyasi «Namangan-Jidda-Namangan» yönalişida parvozlarni yölga qöygandi.
Hozirgi vaqtda Namangan xalqaro aeroportidan Rossiya, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Ummon, Birlaşgan Arab Amirliklari singari önga yaqin mamlakatning yigirmaga yaqin şaharlariga aviaqatnov xizmati körsatilmoqda.












