Osiyo Çempionlar Ligasi saralaşining sönggi bosqiçida Olmaliqning OKMK klubi Qatarda «Al Arabi» bilan bahs yuritib, Ruben Sançesning ajoyib goli evaziga ğalaba qozondi va guruh bosqiçiga yöl oldi. 

Avvalroq Namanganning «Navbahor»i Qatarning boşqa bir klubi «Al Vaqra»ni yengib, saralaşdan muvaffaqiyatli ötgandi. Özbekiston çempioni «Paxtakor» va mamlakat kubogi sohibi «Nasaf» esa guruh bosqiçiga töğridan töğri yöllanma olgan. 

Şu tariqa 2016 yildan söng ilk bor Özbekistonning 4 klubi OÇL guruh bosqiçida iştirok etadi.

OÇL. Saralaş bosqiçi (final) 
Al Arabi (Qatar) — OKMK (Özbekiston) 0:1
22 avgust, «At Tumama»
Hakamlar: Ko Xyung Jin, Yon Jaye Yol, Park Sang Jung, Park Sang Jun (Janubiy Koreya) 
Gol: Ruben Sançes (70).
OKMK — Botirali Ergaşev, Islom Töxtaxöjayev, Sardor Rahmonov, Anzur Ismoilov, Şohrux Gadoyev, Abdulla Abdullayev, Mirjamol Qosimov (Oybek Rustamov, 85), Siyovaş Haqnazariy (Mirjahon Mirahmadov, 85), Sanjar Tursunov (Vitaliy Denisov, 90+5), Ruben Sançes, Xurşid Ğiyosov.
Al Arabi — Jasim Odil Al Hiloli, Vasim Leddari Bulif, Hamid Ismoil (Ali Suhayl, 90+1), Muhammed Ac Said, Simo Keddari, Jasim Gaber Abdusalom (Abdulla Al Murisi,77) Abdu Diallo,  Abdulla Marifi (Ahmad Duzandeh, 87), Ahmad Fathi, Umar Ac Soma, Rafinya Alkantara, Yusuf Msakni. 
Ogohlantirişlar: Şohrux Gadoyev (5), Muhammad As Said (39), Abdulla Abdullayev (42).