Rossiyaning Stavropol ölkasida politsiya özbekistonliklarni dehqonçilik qilişga majburlagan ikki kişini qölga oldi.
Qayd qilinişiça, Şpakovskiy tumanidagi «Aviator» qişloğida yaşovçi pensioner ikki tanişi bilan birga Rossiyada noqonuniy yaşab kelgan özbekistonlik 31 yoşli erkak va 27 yoşli ayolni noma’lum şaxslardan 20 ming rublga sotib olgan.
Nafaqadagi erkak va uning şeriklari özbekistonliklarni 6 oy davomida dehqonçilik qilişga majburlagan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari noqonuniy ozodlikdan mahrum qiliş faktini aniqlab, ikki kişini hibsga olgan. Uçinçi şerik iyul oyi oxirida vafot etgani ma’lum bölgan.
Pensionerga nisbatan «Odamni öğirlaş bilan boğliq bölmagan qonunga xilof ravişda ozodlikdan mahrum qiliş» va «Noqonuniy migratsiyani taşkil etiş» moddalari böyiça jinoiy iş qözğatilgan – hozir u tergov izolyatorida. Iş böyiça ikkinçi gumonlanuvçi uy qamoğida. Politsiya odam savdogarlarini qidirmoqda.












