Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, 2023 yilda kiriş imtihonlarida iştirok etgan abituriyentlarning 303 mingdan ortiği umumta’lim maktablarining joriy öquv yilgi bitiruvçilaridir. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.

Uşbu bitiruvçilarning 95497 nafari joriy test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötib, talaba bölgan.

«Aslida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan bitiruvçilar bundan ham köp, har yili örtaça 10-15 foiz (44 ming nafar) bitiruvçi nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasasi talabasi bölmoqda. Şu bois ayrim bitiruvçilar xususiy va xorijiy muassasalarga kirgan va test sinovlarida iştirok etmagan», deb yozdi u.

Qayd qilinişiça, oliy ta’lim muassasalariga kirgan bitiruvçilar soni yildan yilga ortib bormoqda. Xususan, 2021 yilga nisbatan oliy ta’lim muassasalariga kirgan bitiruvçilar soni 14019 nafarga, 2022 yilga nisbatan esa 9 628 nafarga ortgan (2021 yil 81478 nafar, 2022 yilda 85869 nafar bitiruvçi öqişga kirgan).

Bitiruvçilarning oliy ta’lim qabul kvotasi uçun ajratilgan davlat granti örinlarini egallaş salmoği ham yildan yilga ortib bormoqda. Joriy yilda davlat granti uçun 34930 ta kvota ajratilgan bölsa, uning 77 foizini (26884 nafar bitiruvçi) aynan maktab bitiruvçilari egallagan.

Bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 3,5 foizga, ya’ni 3 537 taga köp (2022 yilda 23 347 nafar maktab bitiruvçilar grantga kirgan).

«Bitiruvçilarning bilim samaradorligi ham ötgan yilga nisbatan yaxşilanganini köriş mumkin. Joriy yilda örtaça ball 77,1 ni taşkil etib, 2021 yilga nisbatan qariyb 3 balga, 2022 yilga nisbatan esa 1 balga ortgan (2021 yilda 74,2 ball, 2022 yilda 76,3 ball)», deb yozdi Umarova.

Uning ta’kidlaşiça, maksimal balning 75 foizidan yuqorisini töplab, ijobiy natija körsatgan abituriyentlarning 68 foizi bitiruvçilarga töğri kelmoqda. Bu yil yuqori natija körsatgan abituriyentlarning 20873 nafari ham maktab bitiruvçilaridir.

«Şu örinda minimal ötiş balldan (56,7 ball) past natija körsatgan abituriyentlar soni ham yildan yilga kamayib bormoqda. Joriy yilda 415159 nafar abituriyent 56,7 ballni ham töplay olmagan bölsa, ular orasida maktab bitiruvçilari 11,7 foizni taşkil etmoqda. Bu körsatkiç 2022 yilga nisbatan qariyb 4 ming nafarga kamaygan», deb yozdi Umarova.