RF prezidenti Vladimir Putin Tver oblastida yölovçilari orasida «Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin ham bölgan Embraer samolyoti halokati yuzasidan ilk bor gapirdi. Putin qurbonlarning oilalariga hamdardligini bildirgan. U yölovçilar orasida Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida «ulkan hissa qöşgan» xususiy harbiy kompaniya xodimlari ham bölganini qayd etgan. Yevgeniy Prigojin haqida gapirarkan, Putin u «kerakli natija»ga erişadigan «murakkab taqdirli inson bölgani»ni qayd etgan. Rossiya prezidenti aviahalokat sabablari tergov qilinayotgani hamda oxiriga yetkazilişini ma’lum qilgan. Quyida Putin «DXR» rahbari Denis Puşilin bilan uçraşuv vaqtida samolyot halokati yuzasidan bergan izohi matni töliq keltiriladi.

Uşbu aviahalokatga keladigan bölsak, birinçi navbatda, barça qurbonlarning oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildirmoqçiman. Bu har doim fojia. Va haqiqatan ham, dastlabki ma’lumotlar körsatayotganidek, agar u yerda «Vagner» kompaniyasi xodimlari bölgan bölsa, — şuni ta’kidlaşni istardimki, bular Ukrainada neonatsistik rejimga qarşi umumiy işimizda katta hissa qöşgan odamlardir. Biz buni yodda tutamiz va unutmaymiz.

Prigojinni men uzoq vaqtdan buyon, 90-yillar boşidan buyon bilaman. Bu murakkab taqdirli inson edi, hayotda jiddiy xatolari ham böldi va kerakli natijalarga ham erişdi — özi uçun ham va men bu haqda söraganimda, sönggi oylardagi kabi umumiy iş uçun ham. U iste’dodli inson, iste’dodli biznesmen edi.

U nafaqat bizning mamlakatda, balki xorijda, xususan, Afrikada samarali işladi. U yerda neft, gaz, qimmatbaho metallar va toşlar bilan şuğullangan. Menga ma’lum bölişiça, keçagina Afrikadan qaytgan va bu yerda bir qança rasmiy şaxslar bilan uçraşgandi.

Ammo şu mutlaqo aniqki — menga bu haqda bugun tongda Tergov qömitasi hisobot berdi — ular bu hodisa böyiça dastlabki tekşiruvlarni allaqaçon boşlaşgan. Bu töliq amalga oşirilib, oxirigaça yetkaziladi. Köramiz, tergovçilar yaqin vaqtlar içida nima deyişarkin. Hozir esa ekspertiza ötkazilmoqda — texnik va genetik ekspertizalar. Bunga esa ma’lum vaqt kerak.