O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
Arizalar 31 avgustga qadar onlayn tarzda qabul qilinadi.
O‘qishini xorijiy va nodavlat o‘quv dargohlaridan davlat oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.
Apellyatsiya arizalari 31 avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.
Talabgor apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Apellyatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga borishi lozim.
Mavzuga oid
12:33 / 17.08.2024
Natijasidan norozi abituriyentlar uchun apellyatsiya sanalari ma’lum qilindi
15:03 / 14.08.2024
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e’lon qilindi
16:54 / 13.08.2024
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalarni tahrirlashga qo‘shimcha vaqt berildi
15:41 / 22.07.2024