Germaniyada ötayotgan baydarka va kanoeda eşkak eşiş böyiça jahon çempionatida özbekistonlik Artur Guliyev oltin medalni qölga kiritdi.

Sportçi 200 metr masofa poygasida eng yaxşi - 38,729 soniya natijani qayd etib çempionlikka erişdi.

Sönggi bor Özbekiston uşbu sport turi böyiça jahon çempionatida 13 yil oldin medalga ega bölgandi: Vadim Menkov 2010 yilgi dunyo birinçiligida şohsupaning eng yuqori poğonasiga kötarilgan edi.

Ikkinçi örinni ispaniyalik Xoan Moreno (38,769), uçinçi örinni polşalik Aleksey Kolyadix (39,046) qölga kiritdi.