Bugun, 16 may kuni çempion Toşkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

«Ajoyib hissiyotlar. Jiddiy kuraş böldi — jahon va olimpiya çempionlari ham bor edi. Aynan oltin medal bilan qaytganimiz xursand qiladi. Bu — katta muvaffaqiyat. Harakatdan töxtamasligimiz kerak», — deydi Guliyev Kun.uz bilan intervyuda. 

Baydarka va kanoe böyiça Özbekiston jamoasi boş murabbiyi Aleksandr Ponomaryov bu turnir Osiyo öyinlariga tayyorgarlik vazifasini bajarişini ta’kidladi: «Musobaqada sportçilarimizni tekşirib oldik. Asosiy maqsadimiz — Osiyo öyinlari, Italiya va Germaniyadagi jahon çempionatida sovrindorlar qatoridan örin oliş. 

70ga yaqin mamlakatdan sportçilar iştirok etişdi. Oltin medal bilan qaytganimiz yoqimli. Bu — birinçi bosqiç. Ikkinçi bosqiçda boşqa sportçilarimizdan ham foydalanamiz. Barça şogirdlarimda potensial bor. Şunçaki yaxşi tayyorlaniş va raqiblardan qörqmaslik kerak». 

Özbekiston Rowing Canoe federatsiyasi raisi örinbosari Tatyana Mamatqulova jamoaga yordam berganlarga minnatdorçilik bildirdi: «Artur — yoşlar örtasidagi olimpiada sovrindori, bir neça bor Osiyo musobaqalarida ham ğolib bölgan. Bu safar u hammamizni jahon kubogi ğolibligi bilan xursand qildi. 

Bu turnir sentabrda Xitoyda ötkaziladigan Osiyo öyinlariga tayyorgarlik vazifasini bajardi. Bizga yordam bergan federatsiyaga, Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qömitasiga minnatdorçilik bildiramiz». 

Yoş sportçi Dinara Jörayeva birinçi bor katta musobaqada qatnaşganini va bu unga yaxşi tajriba bölgani haqida gapirdi: «Bu kattalar örtasidagi birinçi musobaqam böldi. Biroz yetmay qoldi — 4-örinni oldim. Iyul oyida yoşlar örtasida jahon çempionati böladi. Öşanda medal olib kelişga harakat qilaman». 

Muxbir — A’zamjon Izzatillayev, 
Tasvirçi va montaj ustasi — Boymirza Xalilov