Bu haqda viloyat hokimining farmoyişi qabul qilingan.

Hujjatga köra, viloyat hokimligining 14 avgustda ötkazilgan apparat yiğilişi bayoni ijrosini ta’minlamagani va ijro intizomini susaytirib yuborgani uçun Qiziltepa tumani hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi N.Hayitovga hayfsan berilgan.

Şuningdek, prezidentning qaror va farmoyişlari ijrosini ta’minlaşda sustkaşlik qilgani, işlarni töğri taşkil etmagani, murojaatlar bilan işlaşda xato va kamçiliklarga yöl qöygani, öziga yuklatilgan vazifalarga sovuqqonlik bilan yondaşgani tufayli Ğozğon şahar hokimi A.Bozorov hamda Xatirçi tumani hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi I.Muhammadiyevga hayfsan qöllangan.

Karmana tumani hokimi F.Umarovga esa yuqoridagi sabablar tufayli örtaça oylik iş haqining 30 foizi miqdorida jarima intizomiy jazosiga tortilgan. 

Karmana tumani hokimi Fahritdin Umarov oldinroq qişga tayyorgarlik körmagani uçun ham intizomiy jazoga tortilgandi.