“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş sohasida malakali kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi instituti hamda Boşlanğiç tayyorgarlik va malaka oşiriş markazi Akademiya huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti hamda Malaka oşiriş markazi etib qayta taşkil etiladi.

Akademiyaning yagona ta’lim kampusida quyidagilar taşkil etiladi:

Akademiya huzuridagi Qutqaruvçilar tayyorlaş texnikumi;

Xorijiy kadrlarni tayyorlaş fakulteti.

Akademiyada 2 bosqiçli oliy ta’lim tizimida yuqori malakali professional kadrlar tayyorlaşni quyidagi şakllarda yölga qöyiş:

harbiy ta’lim yönalişlarida kunduzgi ta’lim şaklida davlat granti, umumfuqaroviy ta’lim yönalişlarida kunduzgi, keçki va masofaviy ta’lim şakllarida tölov-kontrakt asosida bakalavrlar tayyorlaş;

favqulodda vaziyatlar davlat tizimi tarkibiga kiruvçi vazirlik va idoralar uçun harbiy va umumfuqaroviy mutaxassisliklarida tölov-kontrakt, kunduzgi, keçki va masofaviy ta’lim şakllarida magistrlar tayyorlaş.

Akademiyada 2027/2028 öquv yilidan tajriba-sinov tariqasida “2+2” ta’lim şaklida bakalavriat ta’lim yönalişlari böyiça kadrlar tayyorlaşning yangi tizimi joriy etiladi.