Buxoro, Samarqand va Xorazmdagi maktablarda yangi o‘quv yiliga eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan
Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlari maktablarida yangi o‘quv yiliga eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova ma’lum qildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan Respublikadagi umumta’lim maktablarning 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorgarligi O‘zbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonuni doirasida o‘rganildi.
Respublikadagi jami 9978 ta umumta’lim maktablardan 7039 tasida 2023-2024 yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (SanQvaN) rioya qilinishi ustidan nazorat o‘tkazildi.
Joriy yilning bugungi kun holatiga ko‘ra o‘rganilgan umumta’lim maktablaridan jami 5398 tasi yangi o‘quv yiliga tayyor holatga keltirilgan, 1612 tasida tayyorgarlik ishlari davom etmoqda, 29 tasida ta’mirlash, jihozlash, tayyorgarlik ishlari olib borilmayotgani aniqlandi.
Hududlar kesimida yangi o‘quv yiliga eng yaxshi tayyorgarlik Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlarida ko‘rilgan.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish maqsadida, umumta’lim maktablari rahbarlariga ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan. Maktab hududlarda obodonlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha 1881 ta, tomlarni ta’mirlash bo‘yicha 345 ta, sinf xonalarni ta’mirlashga 847 ta, yerto‘lalarni ta’mirlashga 96 ta, isitish tizimini ta’mirlashga 847 ta, hojatxonalarning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha 1290 ta, oshxonalarning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha 885 ta ko‘rsatma va tavsiyalar belgilab berildi.
Umumta’lim maktablarda sanitariya qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 2752 nafar mas’ul shaxsga nisbatan ma’muriy choralar (jarimalar) qo‘llangan, 78 ta umumta’lim maktablar ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, 1768 nafar ishchi-xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tmagani sababli ishdan vaqtincha chetlashtirilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 18.11.2024
Xitoy Buxoroda "yashil" sanoat parkini barpo etadi
07:54 / 18.11.2024
Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
11:34 / 06.11.2024