Davlatimiz rahbari 2020 yil noyabrda ularning qurilişini kelib körgan, bu yerda qanday imkoniyatlar bölişi lozimligi haqida körsatmalar bergan edi. Muassasalardagi bugungi zamonaviy şaroit va iş tartibi şuning amaliy ijrosi, deyiş mumkin.
Şifo maskani hududi tört gektardan ortiq. Jami bir yarim ming kvadrat metr maydonga ega yettita bino barpo etilgan. Quriliş va jihozlaşda xorijning ilğor tajribasiga tayanilgan. Şu bois arxitekturasi mukammal. Şoşilinç yordam, reanimatsiya, infeksiyali holatlar - barçasi inobatga olingan.


Milliy tibbiyot markazi, boşqa şifoxonalardan farqli ravişda, universal böladi. Bu yerda jarrohlik, urologiya, transplantologiya, travmatologiya-ortopediya, ginekologiya, kardioxirurgiya, nefrologiya, kardiologiya, endokrinologiya, kardiorevmatologiya, stomatologiya va boşqa bölimlar taşkil etilgan. Jami 169 turdagi mingtadan köp ilğor tibbiy asbob-uskunalar örnatilgan.
Markaz beş yuz öringa möljallangan. Ambulator va statsionar tartibda ikki yuzdan ortiq tibbiy xizmat körsatiladi. Yiliga uç mingdan ziyod, jumladan, aorta-koronar şuntlaş, estetik-plastik xirurgiya, artroplastika, organ va töqimalarni köçirib ötkaziş kabi yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini bajariş quvvati mavjud. Markazda mamlakatimizning olis hududlaridagi bemorlarga masofadan taşxis qöyiş, davolaş imkoniyati yaratilmoqda.

Muassasa faoliyatida Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning yetakçi klinikalari bilan hamkorlik qilinadi. Çet ellik şifokorlar, özimizning xorijda malaka oşirgan mutaxassislarimizdan iborat jamoa – 250 nafar şifokor, 500 nafar örta tibbiyot xodimi faoliyat olib boradi.
Bunday imkoniyatlarga ega markaz mamlakatimizda birinçisi. Qoraqalpoğiston va viloyatlarda faoliyat yuritayotgan köp tarmoqli klinikalar u bilan boğlanadi.
Prezident majmua hududidagi Respublika ixtisoslaştirilgan otorinolaringologiya va boş-böyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ham böldi.














