Iyul oyi davomida Ukrainaning davlat qarzi 146,23 milliard grivnaga (3,66 milliard yevro) oşdi. Bu haqda Ukraina OAV 28 avgust, duşanba kuni e’tibor qaratgan Moliya vazirligi ma’lumotlarida aytiladi. 31 iyul holatiga köra, mamlakatning davlat qarzi 4860,59 mlrd grivnani (121,6 mlrd yevro) taşkil qildi, deya xabar berdi idora.

Moliya vazirligi ma’lumotlariga köra, taşqi qarz uşbu summaning 68,29 foizini yoki 3 319,19 mlrd grivnani (83 mlrd yevro) taşkil etgan. Qolgan 31,71 foizi 1 541,41 milliard grivna (38,5 milliard yevro) içki qarzdir.

Yevropa Ittifoqidan yana bir kredit

Bir neça kun oldin Ukraina yana bir yordam paketi sifatida Yevropa Ittifoqidan 1,5 milliard yevro miqdorida kredit olgan edi. Mablağlar Rossiya harbiy harakatlaridan himoyalanayotgan mamlakatga davlat organlari işini qöllab-quvvatlaş va buzilgan infratuzilmani ta’mirlaşda yordam berişi kerak, dedi Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen.

Berilgan mablağlar 2022 yil oxirida tasdiqlangan va Kiyevga jami 18 milliard yevrogaça mablağ ötkazişni nazarda tutuvçi kredit dasturiga kiritilgan. Uşbu dastur Ukraina tomonining 20 band, jumladan, korrupsiyaga qarşi kuraş va qonun ustuvorligini ta’minlaş böyiça majburiyatlarini bajarişi bilan boğliq. Pulni qaytariş 2033 yildan söng amalga oşirilişi közda tutilgan va 35 yilga möljallangan.