Respublika ixtisoslaştirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallari moddiy-texnik bazasi kelgusi 2 yilda mustahkamlanadi. Bu orqali markazga murojaatlar sonini 30 foizga kamaytiriş közda tutilgan.
Hududiy filiallarda bajariluvçi jarrohlik amaliyotlari turlari 115taga yetkaziladi. Şuningdek, yuqori texnologik hisoblangan teri orqali, transuretral va laparoskopik amaliyotlarni bajariş yölga qöyiladi. Bundan taşqari, yuqori texnologik amaliyotlar turi markazga nisbatan 55tagaça oşiriladi.
Ma’lumot uçun, Respublika ixtisoslaştirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi prezident qarori asosida qayta taşkil etilgandi. Davlat rahbarining 2020 yil 6 noyabrdagi maxsus topşiriği asosida markazning hududlardagi filiallari taşkil qilindi.
Prezidentning 2017–2022 yillar davomida imzolagan qator qarorlari asosida, quyidagi işlar amalga oşirildi:
— Markazda 14,2 mlrd mablağ hisobiga 250 ta bemor qabul qiliş imkoniyatiga ega bölgan poliklinika qurilib foydalanişga topşirildi.
— Markazning moddiy texnik bazasini mustahkamlaş maqsadida, Saudiya taraqqiyot jamğarmasi tomonidan 30,3 mlrd söm yönaltirilişi hisobiga, 17 turdagi 29 ta zamonaviy asbob-uskunlar bilan ta’minlanib, 15 turdagi dianostik, 24 turdagi davolaş usullar yölga qöyildi.
— Markazining Termiz filialiga 4,5 mlrd söm mablağ yönaltirilib, rekonstruksiya qilindi hamda 8 turdagi, Qoraqalpoğiston Respublikasi filialiga 497 mln. söm yönaltirilib 4 turdagi, Buxoro filialida 1.141.000 AQŞ dollari hisobiga 23 turdagi, Namangan filialida 2,2 mlrd Söm hisobiga 5 turdagi, Qaşqadaryo filialiga 150 mln. söm yönaltirilib 3 turdagi zamonaviy asbob-uskunlar bilan ta’minlandi. Samarqand filialiga ham 1,1 mlrd. söm yönaltirildi.
— Markaz va filiallarida kadrlar salohiyatini oşiriş maqsadida 2017-2022 yillar davomida jahonning yetakçi klinikalari bilan 17 ta memorandum imzolanib, markazdan 42 nafar, hududiy filiallardan 36 nafar mutaxassis malaka oşirgan bölsa, markazning özida hududlardan kelgan 200 nafarga yaqin mutaxassislar yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini bajariş böyiça tayyorlandi.













