Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Britaniya hukumati rahbari Rişi Sunakka yozgan maktubida iste’foga çiqişini ma’lum qildi. Maktub matni hukumat saytida e’lon qilingan.

«Butun dunyoda Birlaşgan Qirollik bizning qurolli kuçlarimiz tufayli hurmatga sazovor va bu hurmat Ukrainadagi uruşdan keyin faqat kuçaydi», — degan Uolles öz maktubida. U iste’fodan keyin ham Buyuk Britaniya hukumatini qöllab-quvvatlaşda davom etişini bildirgan.

Rişi Sunak Uollesga yöllagan javobida Buyuk Britaniya Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqiniga qanday javob qaytarganidan faxrlanişini ta’kidlagan. Boş vazir Uollesning Ukrainani qöllab-quvvatlaşdagi «öta muhim roli»ni e’tirof etgan.

«Sizning strategik uzoqni ravşan köra bilişingiz mamlakat va qit’a xavfsizligi uçun bebaho ahamiyatga ega böldi. Siz Vladimir Putinning Ukrainadagi niyatlarini barçadan oldinroq sezdingiz. Sizning rossiyaliklar hujum boşlaşidan oldinroq Kiyevga qurol yetkazib beriş böyiça qat’iyatingiz ukrainlarning bosqinga qarşi turiş qobiliyatiga sezilarli darajada ta’sir körsatdi», — degan Sunak.

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri lavozimiga Grant Şapps tayinlangan, u fevral oyidan buyon energetik xavfsizlik vaziri lavozimini egallab kelayotgandi.

  • Ben Uolles 2019 yil iyulidan buyon Buyuk Britaniya mudofaa vaziri edi. U Britaniya hukumati RF qöşinlarining Ukrainaga keng kölamli bosqiniga qanday reaksiya qilişida muhim rolni öynagan. Uolles — Buyuk Britaniya sobiq boş vaziri, 2022 yil sentabrida lavozimini tark etgan Boris Jonsonning yaqin tarafdorlaridan biri hisoblanardi.
  • Buyuk Britaniya may oyida ğarb mamlakatlari orasida birinçi bölib Ukrainaga 250 kilometrdan ortiq masofaga harakatlanuvçi Storm Shadow raketasini yetkazib bergan ilk davlat bölgandi. Ukraina qurolli kuçlari ötgan vaqt içida Rossiya qöşinlari egallab olgan hududlaridagi nişonlarga zarba berişda uşbu raketalarni bir neça bor qöllaşga ulgurdi. Xususan, iyun va avgust oylarida Storm Shadow raketalari bilan anneksiya ostidagi Qrim va Xerson oblastini boğlovçi Çongar köprigiga zarba berilgandi.