Yangi öquv yili uçun 193421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bölsa, şuning 100 491 nafari – 52 foizi erkaklar, 92 930 nafari – 48 foizi esa ayollar hissasiga töğri kelgan.

Bilim va malakalarni baholaş agentligi taqdim etgan statistikaga köra, test sinovida ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball töplaganini köriş mumkin.

Davlat granti uçun örtaça ötiş balli erkaklarda 112,4 ballni, ayollarda 125,1 ballni taşkil qilgan. Tölov kontrakt esa erkaklarda 88,9 ballni, ayollarda 98,5 ballni taşkil etgan.

Agentlikka köra, erkaklar va ayollarda örtaça ötiş ballarining bunday farq qilişi ular röyxatdan ötişda tanlagan ta’lim yönalişlari va ulardagi ötiş ballari bilan boğliq.

Ta’lim sohalari böyiça foiz hisobida olinganda ijtimoiy ta’minot – 91,7 foiz, tillar – 88,5 foiz va ta’lim – 78,7 foiz sohalariga ayollar qabul qilingan.

Erkaklar esa köproq transport xizmatlariga – 93,5 foiz, arxitektura va qurilişga – 84,8 foiz va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga – 75,3 foiz talabalikka tavsiya etilgan.

Abituriyentlarning ta’lim sohalari kesimida talabalikka tavsiya etiliş körsatkiçlari

Ma’lumot uçun, yangi öquv yili uçun OTMning bakalavriat ta’lim yönalişlariga öqişga kiriş uçun 948 491 nafar abituriyent onlayn röyxatdan ötgan edi. Bu ötgan yilgi körsatkiçdan biroz past.