Parlament va hukumat a’zolari, jamoat taşkilotlari vakillari, mehnat faxriylari iştirok etgan marosimda Birinçi Prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Şuningdek, Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo öqildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir yakunlangaç, davlat rahbari Toşkentga qaytib keldi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq, Islom Karimov xotirasini abadiylaştiriş böyiça köp işlar qilindi: yirik majmualar, şaharlardagi markaziy köçalarga Islom Karimov nomi berildi. Toşkentda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi taşkil qilindi, Samarqandda maqbara barpo etildi.