2023 yil yanvar-iyul oylarida Tojikiston va Özbekiston örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi qariyb 267 million dollarni taşkil etdi, bu 2022 yilning şu davriga nisbatan 15,3 foizga kamdir. Bu haqda Tojikiston statistika boşqarmasiga tayanib ASIA-Plus xabar berdi.
Ikki davlat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmining qisqarişi asosan tojikistonlik mahsulotlarning Özbekistonga eksporti kamaygani bilan boğliq: 2023 yil yanvar-iyul oylarida ötgan yilning mos davridagi 118 million dollardan 86 million dollargaça.
Eksportning qisqarişi, öz navbatida, Özbekistonga mineral mahsulotlar (sement, elektr energiyasi, ruda va konsentratlar hamda boşqa xomaşyo) yetkazib beriş hajmining qisqarişi bilan boğliqligi aytilmoqda.
Tojikistonga özbek tovarlari importi ham nisbatan bir oz qisqargan – 197 million dollardan 181 million dollargaça.
Ikki davlat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmining qisqariş tendensiyasi 2017 yildan beri ilk bor kuzatilmoqda. Sönggi yillarda tojik-özbek tovar ayirboşlaş hajmi qariyb 8 baravarga — 2016 yildagi 70 million dollardan 2022 yilda 555 million dollardan oşgan edi.
Tojikiston Özbekistonga asosan, xomaşyo: birlamçi alyuminiy, elektr energiyasi, paxta tolasi, sement, çarm, pilla, ipak xomaşyosi, şuningdek, turli gazlamalar, içimliklar, jumladan, spirtli içimliklar, gilamlar va boşqalarni yetkazib beradi.
Özbekistondan tayyor töqimaçilik mahsulotlari, tabiiy gaz, mineral öğitlar, plastmassa, poyabzal, kulolçilik mahsulotlari, rangli metallar, elektrotexnika va mexanik uskunalarni import qiladi.
2023 yilning 7 oyida Tojikiston taşqi savdo aylanmasi qariyb 4 milliard dollarni taşkil etdi, bu 2022 yilning şu davriga nisbatan 3,5 foizga (146 million dollar) kamdir.
Respublikadan 767 million dollarlik mahsulot va mahsulotlar eksport qilindi, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 592 million dollarga (43,6 foiz) kamdir.
Tovarlar importi esa, aksinça, 16 foizga ösdi - 2,8 milliard dollardan 3,2 milliard dollargaça.

















