Ayni paytda özbekistonlik talabalar oladigan stipendiya miqdori qança? Markaziy Osiyoning boşqa davlatlarida talabalarga qança stipendiya tölanadi?

Özbekistonda stipendiya qanday tölanadi?

Davlat granti, şuningdek, stipendiyali tölov-kontrakt asosida kunduzgi ta’lim şaklida öqiyotgan talabalarga bazaviy stipendiya beriladi. Semestrni faqat "a’lo" (86 foizdan yuqori) tarzda yakunlagan talabalarning stipendiyasiga 20 foiz qöşiladi.

Lekin öquv semestri yakuni böyiça fanlardan özlaştiriş körsatkiçlarining 30 foiz va undan ortiq qismi «qoniqarli» baho (71 foizdan past) bölgan talabalarga keyingi semestr davomida stipendiya tölanmaydi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kun.uz’ga bergan ma’lumotga köra, ayni paytda talabalarga tölanadigan bazaviy stipendiya miqdori – 517 880 sömni taşkil qiladi. Barça fanlar böyiça faqat «a’lo» özlaştiriş körsatkiçiga (reyting körsatkiçi 86 ball va undan yuqori) ega bölgan talabalar uçun stipendiya – 621 456 söm.

Bundan taşqari, iqtidorli talabalar uçun nomdor stipendiyalar ham ta’sis etilgan.

  • Prezident stipendiyasi – 2 191 541 söm;
  • Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Uluğbek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, Tölepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari –1 461 028 söm;

Röyxatda körinib turibdiki, eng qimmat stipendiya – prezident stipendiyasi.

Qöşni davlatlarda stipendiya miqdori qança?

Qozoğiston

(2023 yil, yangi öquv yili holatiga köra):

  • pedagogika va soğliqni saqlaş yönalişi talabalari uçun stipendiya — 67 200 tenge (1 mln 777 ming söm);
  • oliy öquv yurtlari talabalari uçun (soğliqni saqlaş va pedagogika yönalişlari bundan mustasno) — 41 898 tenge (1 mln 108 ming söm);
  • texnik va kasb-hunar ta’limi dasturlarida öqiyotgan talabalar uçun — 32 681 tenge (864 ming söm);
  • magistratura talabalari uçun — 94 024 tenge (2 mln 486 ming söm) stipendiya belgilangan