Yangi öquv yili boşlanib, talabalarning qadrdon muammosi boşpana topiş kun tartibiga çiqadi. Kun.uz poytaxtning ayrim oliygohlariga borib, turar joy bilan ta’minlaş qanday ötayotganini biliş uçun talaba va ota-onalar bilan suhbatlaşdi. Rasmiylar 1-bosqiç talabalari yotoqxona bilan töliq ta’minlanişini aytmoqda.
Talabalarni turar joy bilan ta’minlaş böyiça vaziyatni örganiş uçun Kun.uz muxbirlari Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti va talabalar şaharçasida böldi. Bu gal ötgan va undan oldingi yillardagidek turnaqator navbatlar, qölida körpa-yostiğini kötarib sarson yurgan talaba va ota-onalar manzarasi kamaygan. Vaziyat yaxşilanib, talabalar yotoqxonaga joylaşiş uçun navbatda turib emas, onlayn ariza beriş imkoniyati paydo bölgan.
Bir neça yillardan beri jurnalistlar hamda jamoatçilik vakillari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan eng kamida 1-bosqiç talabalarini öqiş boşlangunça yotoqxona bilan ta’minlaşni hal qilişni sörab kelardi.
2023/2024 öquv yildan boşlab mygov.uz tizimi orqali 1-bosqiç talabalari yotoqxona uçun ariza qoldirib, öquv yili boşlangunça joylaşib olişlari mumkin böldi. Kun.uz muxbirlari bu tizim qançalik özini oqlaganini biliş uçun ota-onalar va talabalarga mikrofon tutdi.
Aksar birinçi kurslar yotoqxona uçun onlayn ariza berib, yotoqxonaga joylaşgan. Buni ularning ota-onalari ham tasdiqladi. Onlayn ariza beriş şaklidan xabardor bölmagan yoki tuşunmovçilikka duç kelgan talabalar esa oliygohlar yonida taşkil etilgan ştablarga murojaat qilmoqda.
Ma’lum qilinişiça, mandat javoblari e’lon qilinganidan keyin bu ştablar yotoqxonaga onlayn joylaşişga ariza beriş haqida talabalarga sms xabarnoma jönatgan. Bu haqda Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti ma’naviyat bölimi boşliği Munis Xöjayev ma’lumot berdi. Uning aytişiça, oliygoh tomonidan jönatilgan xabarlarga qaramay, ayrim talabalar yotoqxonaga ariza berişda tuşunmovçiliklarga duç kelgan.
"Ayrim talabalar yotoqxonaga joylaşiş uçun ariza yuborgan. Ularga yöllanma ham kelgan, lekin uni çiqariş imkoniga ega emas. Yoki ayrimlar hali ariza topşirişdan bexabar. Şunday paytda ştabdagi xodimlar ular uçun ariza töldirib berib, yotoqxonaga joylaşiş uçun yöllanmalarini olib beryapti. Şuni aytişim kerakki, avvalo 1-bosqiç talabalari yotoqxona bilan töliq ta’minlanadi, keyin esa boşqa kurslar











