«General Sergey Surovikin çiqdi. Soğ-omon, uyida oilasi bilan. Moskvada. Bugungi surat», deb yozilgan Sobçak yuritadigan «Krovavaya barynya» Telegram-kanalida.
Sobçakning iddaosiga köra Surovikin ekani aytilayotgan suratdagi odam ayol kişi bilan ketayotgani tasvirlangan. Surovikin ikki oydan buyon köriniş bermayotgan, oxirgi marta 23 iyundagi Prigojin isyonida omma oldida köringandi. Öşanda general Surovikin vagnerçilarni isyonni töxtatişga çaqirib videomurojaat yöllagandi. Isyon vaqtida Rossiya harbiy rahbariyati vakillaridan faqat Surovikin uni töxtatişni sörab çiqiş qilgandi.
Avgust oyi oxirida jurnalist Aleksey Venediktovning kanalida Surovikin Havo kosmik kuçlari qömondonligidan böşatilgani haqida xabar paydo bölgandi. Ammo bu xabar rasman tasdiqlangani yöq.

















