Joriy yilning 21 iyun kuni soat 08:10 larda 6376-sonli Termiz-Sariosiyo şaharlararo yölovçi poyezdi iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi.

IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlaş departamenti xabariga köra, poyezd Qumqörğon-Elbayan temiryöl bekatlari oraliğida ketayotgan vaqtida, uşbu bekatlarning 4538-kilometri 10-piketida joylaşgan qöriqlanmaydigan kesişmasidan fuqaro öziga tegişli bölgan “VAZ-2107” avtomaşinasida ötayotgan bölgan. Şu vaqtda, maşinani poyezd urib yuborgan. 

Xabarda aytilişiça, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq. 

Yölovçi poyezdi soat 08:12 da töxtab, soat 08:50 da öz harakatini davom ettirgan.