AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken 6 sentabr kuni tongda Ukraina poytaxti Kiyev şahriga taşrif buyurdi.
Taşrifi boşida Blinken AQŞ elçixonasiga kirib ötgan, keyin esa Ukraina TIV rahbari Dmitro Kuleba bilan Rossiya bosqiniga qarşi kuraşib halok bölgan ukrain jangçilari dafn etilgan Berkovetske qabristonini ziyorat qilgan.
Kulebaning qayd etişiça, Blinken uning «Kiyevdagi taşrifini halok bölgan qahramonlarni xotirlaş bilan boşlagan ilk hamkasbi böldi».
Taşrif davomida Blinken Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan ham uçraşadi. CNN manbasiga köra, AQŞ hukumati undan ukrain armiyasi «yaqin haftalar içida qanday harakatlanmoqçiligi» haqida ma’lumot olmoqçi.
Davlat departamentining yuqori martabali mulozimi Blinken Ukraina uçun bir milliard dollardan ortiq qiymatdagi yangi harbiy yordam paketi e’lon qilişi ham mumkin.

Brendan Smialowski / AFP / Scanpix / LETA
Entoni Blinken Rossiya qöşinlarining Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlanganidan buyon Kiyevga uçinçi bor rasmiy taşrif bilan keldi. 2022 yil aprelida u Pentagon rahbari Lloyd Ostin bilan birgalikda Kiyevga kelgan, bu RF qöşinlari Kiyev oblastidan çekinganidan bir neça hafta ötib sodir bölgandi. Blinkenning Kiyevga ikkinçi taşrifi 2022 yil sentabrida röy bergandi, öşanda Ukraina qurolli kuçlari Xarkiv oblastining okkupatsiya qilingan hududlarini ozod etgandi. Bundan taşqari, Blinken 2022 yil martida Polşa va Ukraina çegarasida Dmitro Kuleba bilan uçraşgan.
Blinkenning Kiyevga uçinçi taşrifi Ukraina qurolli kuçlari mamlakat janubida qarşi hujum olib borayotgan davrga töğri kelmoqda. 3 sentabr kuni «Tavriya» guruhi qömondoni, Ukraina QK generali Oleksandr Tarnavskiy ukrain harbiylari Rossiya qöşinlarining janubiy frontdagi ilk mudofaa çiziğini yorib ötgani, bu rossiyaliklar mudofaasidagi eng yaxşi mustahkamlangan çiziq bölganini aytgandi.













