Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolarni röyxatga qöyiş tartibini takomillaştiriş munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilarga özgartirişlar kiritilmoqda: 

Bino va inşootlarning ixtisoslaşişini özgartiriş, qayta quriş, rekonstruksiya qiliş hamda öz hududida qöşimça bino va inşootlar qurişni loyihalaştirişga ruxsatnoma beriş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma’muriy reglamentiga;
 
Köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma’muriy reglamentiga.

Özgartirişlarga muvofiq:

turar joy noturar joy toifasiga ötkazilayotganda u yerda vaqtinçalik yoki doimiy röyxatdan ötkazilgan barça şaxslar mazkur joy kadastr organlarida qayta rasmiylaştirilguniga qadar röyxatdan çiqarilişi lozim;

fuqarolar röyxatdan çiqarilganliklari haqida ma’lumot «Raqamli hukumat» platformasi orqali tekşiriladi;

obektning ixtisoslaşişini özgartiriş böyiça ruxsatnomaga özgartirilgan obektga biriktirilgan yer uçastkasining çegara sxemasi ilova qilinadi.