2023 yilning dastlabki 7 oyi davomida Özbekistonda 4 772 ta yöl-transport hodisasi qayd etilgan. Bu ma’lumotni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burhonov “Xalq sözi” gazetasidagi maqolasida keltirib ötdi.
Ma’lumotda aytilişiça, 4 772 ta YTHdan 2 453 tasi yoki 51,4 foizi sub’yektiv sabablarga köra, ya’ni haydovçilarning yöl harakati qoidalariga e’tibor bermasligi oqibatida kelib çiqqan.
Qariyb 4800 ta hodisada 1 115 kişi vafot etgan, 4 564 kişi turli tan jarohatlari olgan.
Qayd etilişiça, qurbonlarning 1 078 nafari yoki 96,7 foizi xavfsizlik kamarini taqmagan.
Senatorning Toşkent şahar IIB ma’lumotlariga tayanib yozişiça, joriy yilning ötgan 7 oyida poytaxtda 675 ta YTH qayd etilgan; ularda 71 kişi halok bölib, 787 kişi turli tan jarohatlarini olgan. Baxtsiz hodisalarning eng keng tarqalgan sababi tezlikni oşiriş bölgan – 199 ta holat. Haydovçilar tomonidan 90 ta holatda svetoforning taqiqlovçi işorasiga e’tibor berilmagan; mast holatdagi haydovçilar iştirokida 8 ta YTH qayd etilgan.
Avvalroq 2023 yilning birinçi yarmida respublika böyiça 4 mingga yaqin avto-avariyalar röy bergani, ularda 873 kişi halok bölib, 3,5 mingdan ortiq inson jarohatlangani ma’lum bölgandi. Bu ma’lumotni prezident Şavkat Mirziyoyev yiğilişlardan biridagi nutqida oçiqlagandi.
Taqqoslaş uçun, 2022 yilning 1-yarmida qayd etilgan












