Prezident “Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga o‘tkazildi. Agentlik o‘tgan yili oxiridagi ma’muriy o‘zgarishlar vaqtida SSV tarkibidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuriga o‘tkazilgan, agentlikning dori-darmon va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari SSVda qoldirilgan edi.

Yangi farmonga asosan, 2024 yil 1 yanvardan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ham SSV huzuriga o‘tkaziladi. 2026 yil yakunigacha tibbiy sug‘urta respublika bo‘ylab to‘liq joriy etilishi belgilandi.

2024 yil 1 yanvardan, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida quyidagilarni birlashtirish orqali yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi:

  • Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi;
  • Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi;
  • Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi;
  • Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi.

Tibbiyotni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari quyidagilarga sarflanadi:

  • sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, dasturiy mahsulotlar sotib olish va axborot-kommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • tibbiy asbob-uskunalar, kompyuterlar, planshetlar, multimedia va tarmoq qurilmalari, dasturiy ta’minotlarni xarid qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish;
  • sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalarining xodimlarini xorijda tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, o‘qitish, malaka oshirish va tajriba almashishni respublikada tashkil etish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish;