Joriy yilning 7 oyi davomida 14 561 nafar xorijlik Qozoğiston fuqaroligini olgan. Bu haqda respublika Içki işlar vazirligiga tayanib, «Kazinform» xabar berdi.

«2022 yilda Qozoğiston Respublikasi fuqaroligini 22 114 kişi qabul qilgan, şundan 17 663 nafari - etnik qozoqlar. Qozoğiston fuqaroligini olganlar içida eng köpi Özbekistondan kelganlar – 14 353 (şundan 13 166 etnik qozoq), Xitoy Xalq Respublikasi – 1731 (şundan 1725 etnik qozoq), Rossiya – 1436 (484 etnik qozoq), Turkmaniston – 1186 (şundan – 1176 etnik qozoq) va Qirğiziston – 910 (şundan 220 etnik qozoq)», — deya ma’lum qildi vazirlik agentlik söroviga javoban.

Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, 2023 yilning 7 oyi davomida 14 561 kişi Qozoğiston fuqaroligini olgan, şundan 11 142 nafari etnik qozoq. 

«Ularning aksariyati Özbekistondan – 8500 (şundan 7301 nafari etnik qozoqlar), Rossiyadan – 2133 nafar (şundan 845 nafari etnik qozoqlar), Turkmanistondan – 1203 nafari (şundan 1185 nafari etnik qozoqlar), Xitoy Xalq Respublikasidan – 1064 nafar (şundan 1062 nafari etnik qozoqlar) va Qirğiziston – 718 nafar (şundan 535 nafari etnik qozoqlardir)», — deyiladi vazirlik xabarida.