Makron Parijdagi Olimpiadada Rossiya bayrog‘i bo‘lishiga qarshi chiqdi
Fransiya prezidenti rossiyalik sportchilarning 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi masalasini siyosiylashtirmaslik kerakligini ta’kidladi.

Foto: Nicolas Briquet/SOPA Images
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya delegatsiyasining 2024 yilda Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishiga qarshi chiqdi.
«Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida Rossiya bayrog‘i bo‘lishi mumkin emas. Rossiyaga Olimpiadada o‘rin yo‘q», — dedi Makron L'Equipe gazetasiga bergan intervyusida.
Unga ko‘ra, rossiyalik sportchilarning Olimpiada o‘yinlaridagi individual ishtiroki haqida qaror chiqarish huquqi Xalqaro olimpiya qo‘mitasida qoladi.
«Olimpiya olami qaror qilishi kerak bo‘lgan asosiy savol - bu rossiyalik sportchilarga qanday joy berish kerak, ular ba’zan butun umr shunga tayyorlanadi, endi esa rejim qurboni bo‘lishi mumkin», dedi prezident.
Makron, shuningdek, rossiyalik sportchilarning Fransiya poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi masalasini siyosiylashtirmaslik kerakligini ta’kidladi.
13 iyul kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) matbuot xizmati 26 iyul kuni 203 ta Milliy olimpiya qo‘mitasiga 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlariga taklifnoma yuborishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Rossiya va Belarus Olimpiya qo‘mitasi bunga kiritilmagan. Xuddi shunday qaror Ukrainadagi mojaro tufayli XOQ tomonidan Rossiya va Belarus sportiga joriy qilingan sanksiyalar munosabati bilan ham qabul qilindi.
Parij 2024 yil 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Ammo futbol va regbi musobaqalari 24 iyulda, gandbol musobaqasi esa 25 iyulda boshlanadi.
Uch haftadan sal ko‘proq vaqt ichida 32 sport turi bo‘yicha 329 ta sovrinlar to‘plami o‘ynaladi. Unda 206 ta Milliy olimpiya qo‘mitalari va qochoqlar olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bir qancha avtovokzal va avtostansiyalarga yangi nom berish taklif etildi
O‘zbekiston | 16:21
-
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 16:16
-
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05
-
Andijonda 7 yoshli bola chuqurligi 40 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketdi
Jamiyat | 15:52
Mavzuga oid

15:19
Estoniya Rossiyani mamlakat havo hududini buzganlikda aybladi

14:19
«Chegarada harbiy istehkom qurdik» – Rossiya armiyasiga yollangan yana bir o‘zbekistonlik jazoga tortildi

14:05
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi

12:23