Özbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdöstligida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) savdo hamkorlari orasida birinçi örinda turadi. Bu haqda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazev ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, YeIK va Özbekiston örtasidagi yaqin hamkorlik savdo-iqtisodiy hamkorlik hajmini oşiriş bilan boğliq amaliy natijalarga olib keldi. YeOII taşkil topganidan beri Özbekiston bilan tovar ayirboşlaş hajmi 3 baravar oşdi va YeOII MDH davlatlari bilan taşqi savdosi umumiy hajmining deyarli yarmini taşkil etadi.

YeIK ma’lumotlariga köra, birgina 2021 yilning özida ittifoqning Özbekiston bilan tovar ayirboşlaş hajmi avvalgi davrga nisbatan qariyb uçdan birga oşib, 11,2 milliard dollarga yetgan. Şu jumladan eksport 17,9 foizga, import 39,1 foizga oşgan.