Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8 sentabr kuni Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdöğan boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Milliy sport turlari va xalq öyinlarini yanada rivojlantiriş va ommalaştiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Uçraşuv avvalida Bilol Erdöğan Özbekiston yetakçisiga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ilk bor Xiva şahrida dunyoning 60 dan ziyod  mamlakatidan qariyb 2 ming nafar sportçi iştirokida ötkazilayotgan Xalqaro etnosport festivali qöllab-quvvatlangani va yuksak darajada taşkil etilgani uçun samimiy minnatdorlik bildirildi.

Suhbatda qöşma “yöl xaritasi” asosida ta’lim dasturlarini işlab çiqiş, tajriba almaşiş, mutaxassislar, murabbiy va hakamlarni tayyorlaş, yoşlarni etnosportga keng jalb qiliş böyiça hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.