Ukraina öz qişloq xöjaligi mahsulotlarini Xorvatiyaning Örtayer dengizidagi portlari orqali eksport qilişni boşladi. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko xabar berdi. 

«Ukraina doni allaqaçon Xorvatiya portlari orqali eksport qilinmoqda. Uşbu savdo yöli allaqaçon maşhur. Biz transport koridori imkoniyatlarini kengaytirib, uni rivojlantirişga tayyormiz», dedi u. 

Sviridenko sözlariga köra, uşbu yönaliş mamlakatlar örtasidagi savdoda, jumladan, harbiy harakatlar tugaganidan keyin ham «muhim rol öynaydi». 

Vazir bu haqda Xorvatiya boş vaziri Andrey Plenkoviç bilan uçraşuvda aytdi. U avvalroq Ukraina ğallasini mamlakat portlari orqali eksport qilişni bir neça bor taklif etgan. 

«Xorvatiya özini Örtayer dengizidan Markaziy Yevropaga kiriş eşigi sifatida köradi va şuning uçun biz portlarimizda, xususan, strategik portimiz Riyekada köproq imkoniyatlarni taklif qildik», dedi siyosatçi. 

Uning qöşimça qilişiça, Xorvatiya hukumati Riyeka va Dunaydagi Vukovar porti örtasida temir yöl aloqasini rivojlantirmoqçi. Ular orasidagi masofa 350 km dan ortiq. Ukrainaning Dunay daryosida bir neçta portlari bor - masalan, Reni va Izmail. Sönggi paytlarda ular Rossiya tomonidan öqqa tutilmoqda. 

Kiyev «ğalla bitimi» tugatilişi munosabati bilan öz ğallasini eksport qilişning muqobil yöllarini qidirmoqda. Bitim 17 iyuldan beri töxtatilgan. 

Avval Ukraina doni Dunay portlari orqali eksport qilinmas edi, çunki ularni Qora dengiz böylab taşiş eng arzon bölgan (2022 yil noyabr oyida tonnasiga - 29 dollar, Dunay portlaridan esa - 124 dollar). Quruqlik orqali taşiş esa bundan ham qimmatroq - bir tonna uçun 140 dollar.