AQŞdagi rossiyalik ayğoqçilar soni sönggi vaqtlarda ularni kamaytirişga qaratilgan sa’y-harakatlarga qaramay, «juda köp»ligiça qolmoqda. Bu haqda Federal tergov byurosi (FTB) direktori Kristofer Rey 8 sentabr, juma kuni The Hill internet naşri xabar bergan. «Rossiya razvedkasining izi - bu bilan men rus razvedka xodimlarini nazarda tutyapman - Qöşma Ştatlarda hali ham juda katta. Bunga doimo töqnaş kelyapmiz va har qanday yöl bilan töxtatiş, oldini olişga harakat qilyapmiz», dedi Rey 7 sentabr kuni Xalqaro josuslik muzeyida.
Amerika razvedka agentligi rahbari şunday dedi: «Agar kimgadir Rossiya manfaatlari nima ekanini eslatiş kerak bölsa, ular Ukrainada sodir bölayotgan voqealarga qaraşi lozim. Şuning uçun biz heç qaçon Ukrainadagi harakatlarda öşa odamlarning iştiroki borligini unutmaymiz».
AQŞda Rossiya foydasiga josuslik
Amerika Qöşma Ştatlarida Moskva foydasiga josuslik faoliyatiga misol sifatida Kristofer Rey meksikalik Ektor Alexandro Kabrera Fuentesning işini keltirdi. 2020 yil fevral oyida u AQŞda hibsga olingan. AQŞ rasmiylariga köra, rossiyalik amaldor Fuentesni 2019 yilda yollagan va unga boşqa narsalar qatori «AQŞ hukumati manbasiga» tegişli bölgan maşinani topib, uning röyxatga oliş raqamini yozib olişni buyurgan.
Er-xotin Meksikaga uçiş uçun Mayami aeroportiga yetib kelgan paytda meksikalikning xotiniga tegişli telefonda fayllar öçirilgan papkada uşbu maşinaning surati topilgan. Fuentes avtomaşina rossiyalik amaldor körsatmasi bilan suratga olinganini tan olgan.
2023 yil iyul oyi oxirida Braziliya rasmiylari Vaşingtonning AQŞ rossiyalik razvedka xodimi deb hisoblagan va josuslikda ayblanayotgan Rossiya fuqarosi Sergey Çerkasovni ekstraditsiya qiliş haqidagi iltimosini rad etdi.
Çerkasov 2022 yilning iyunida Niderlandiyada qölga olingan edi. Niderlandiya razvedkasi ma’lumotlariga köra, rossiyalik özini Braziliya fuqarosi Viktor Myuller Ferreyra sifatida körsatgan va Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS)da amaliyot ötaşga uringan. Rossiyalik deportatsiya qilingan Braziliyada u hujjatlarni qalbakilaştiriş uçun 15 yilga hukm qilingan.
2018 yilda Çerkasov Braziliya pasporti yordamida AQŞga köçib ötdi va u yerda Kolumbiya okrugidagi universitetlardan biriga öqişga kirdi. Vaşingtonga köra, AQŞda u qiziqiş uyğotgan odamlar bilan aloqa örnatgan va Amerika fuqarolari haqidagi ma’lumotlarni Rossiya razvedkasiga uzatgan. Çerkasov öqişni tugatgandan söng, 2020 yil bahorida Qöşma Ştatlarni tark etgan, biroq Vaşingtonning taşqi siyosati haqida ma’lumot oliş uçun aloqalarini davom ettirgan, deya ma’lum qildi AQŞ Adliya vazirligi.












