Boş prokuror örinbosari Şerzod Töxtaboyev boşçiligidagi işçi guruh tomonidan «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar töğrisida»gi Qonun va «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasini transformatsiya qiliş va vakolatli davlat organi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni ijrosi Samarqand viloyatidagi «Zarafşon» milliy tabiat boğida örganildi.
Örganişda bir qator qonunbuzilişi holatlariga yöl qöyilgani aniqlangan.

Xususan, qonunga köra, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uçastkalari faqat xususiy buyurtma qöriqxonalar hamda tabiiy pitomniklar taşkil etiş uçun yuridik va jismoniy şaxslarga ijaraga berilişi mumkinligi belgilangan bölişiga qaramasdan, milliy tabiat boği mansabdor şaxslari tomonidan 2021-2022 yillarda boğ hududidan 39,8 gektar yer maydoni 57 nafar jismoniy şaxs va yuridik şaxslarga ijara bitimi va şartnomalarga asosan dam oliş maskani quriş uçun ajratib berilgan.
Oqibatda, ijaraçilar tomonidan 8015 kv.m. yer uçastkasidagi butalar va ösimlik dunyosi nobud qilinib, noqonuniy ravişda quriliş işlari amalga oşirilgan. Şuningdek, fuqarolarga 115,6 gektar yer maydoni qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştiriş uçun noqonuniy berib yuborilgan.
Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.













