Ukrainada urushning 563-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- «Katta yigirmatalik» Ukrainadagi urush dunyodagi vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ma’lum qildi, ammo Rossiyani qoralamadi. «Faxrlanadigan narsa yo‘q», — deya munosabat bildirdi bunga Kiyev.
- Erdo‘g‘an G20 mamlakatlari yetakchilarini g‘alla kelishuvini tiklash uchun Rossiyaning shartlarini bajarishga chaqirgan, deya xabar bermoqda Bloomberg.
- Hafta ichida ikkinchi bor Ruminiya hududiga rossiyaliklar droni quladi.
- Baydenning ma’muriyati, katta ehtimol bilan Ukrainaga uzoq masofaga harakatlanuvchi ATACMS raketalarini yuboradi, deb xabar bergan ABC News.
- Xalqaro atom energetikasi agentligi ekspertlari bir hafta ichida Zaporijjya AES atrofida 20 dan ortiq portlashni qayd etishgan.
- Ukrainadagi urushda britaniyalik Jordan Chedvik halok bo‘ldi. Uni hovuzdan qo‘li orqaga bog‘langan holda topishgan.
- Daniya muzeylari Leopard 1A5 tanklarini ukrain askarlarini o‘qitish uchun taqdim etdi.
Baxmut atrofidagi yaradorlar


Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA

Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA

Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA





























