Ayni paytda bu kadrlarning ko‘pchiligi xorijda oliy ta’lim olganini ta’kidlash kerak. Quyida dunyo miqyosidagi gigant kompaniyalarni boshqarayotgan hindistonlik top menejyerlarni sanab o‘tamiz.

Sundar Pichay

51 yoshli, asli hindistonlik Sundar Pichay 2015 yildan buyon Google kompaniyasining boshqaruvchi direktori hisoblanadi.

Maduray shahrida tug‘ilgan Pichay avvaliga o‘z yurtida olim ta’lim olgan; AQShga kelgach, Stenfordda va Pensilvaniya universitetlarini tamomlagan.

Satya Nadella

Haydarobodda tavallud topgan 56 yoshli Satya Nadella Microsoft kompaniyasining boshqaruvchi direktori hisoblanadi.

Manipal texnologiyalar instituti, Viskonsin va Chikago universitetlarida ta’lim olgan. 2014 yildan buyon eng mashhur IT kompaniyasida boshqaruvchi.

Nayel Mohan

50 yoshli yana bir hind Nayel Mohan – YouTube kompaniyasining boshqaruvchi direktori.

Mohan asli AQShda tug‘ilgan, keyinroq ota yurtida bir qancha vaqt yashab Amerikaga qaytadi va bir necha bosqichda Stenfordda ta’lim olgan. Mohan 2023 yil fevral oyidan eng mashhur videoportalning boshqaruvchi direktori.

Shantanu Narayen

60 yoshli Shantanu Narayen ham Haydarobodda tug‘ilgan. U dunyo miqyosida ommabop dasturlarni ishlab chiqaruvchi Adobe kompaniyasining boshqaruvchi direktori hisoblanadi.

Narayen Hindistondan keyingi ta’limni asosan AQSh universitetlarida olgan – Ohayo, Kaliforniya universitetlarida o‘qigan. 2007 yildan buyon ushbu lavozimda.