
Qrim flotiga hujum töxtatilganmidi?
Ukrain suvosti dronlari Qrimdagi Rossiya flotiga yaqinlaşa boşlaganida ular aloqani yöqotib, sohilga çiqib qoladi. CNN bu voqea qaçon sodir bölganiga oydinlik kiritmagan.
«Maskning qaroridan keyin Qrimga hujum uçun Rossiya yadro zarbasi bilan javob berişidan qörqqan ukrainalik mulozimlar undan aloqa tizimini qayta yoqişni ötinib söraydi. Bu vaqtda Mask rossiyalik yuqori martabali mulozimlar bilan muloqot qilgani ulardagi qörquv hissini yanada oşiradi», deb Ayzeksonning asaridan iqtibos keltirgan CNN.
Bu şov-şuvli ma’lumotdan keyin Mask öziga tegişli bölgan Tvitter ijtimoiy tarmoğida Starlink Qrim atrofida öçirib qöyilmagani, tizim yarimorol atrofida avvaldan işlamaganini aytib çiqdi. U özining Space X kosmik kompaniyasi bilan boğliq kelib çiqişi mumkin bölgan muammolarni ham tilga oldi.
«Ukraina hukumat organlari tomonidan Starlink'ni butun Sevastopol yönalişida işlatiş böyiça sörov tuşgan, tabiiyki maqsad langar taşlab turgan Rossiya flotining aksar qismini suvga çöktiriş edi. Agar bunga rozi bölganimda, Space X katta harbiy akt va eskalatsiya kuçayişiga aralaşib qolgan bölardi», deb yozdi Mask.
CNN e’lon qilgan maqolaga Ukraina prezidenti devoni vakili Mixaylo Podolyak ham munosabat bildirib, Maskni Rossiya Ukraina şaharlarini öqqa tutişiga imkon yaratib berişda aybladi.
«Ba’zan xatolar juda jiddiy böladi. Ukraina dronlariga Starlink yordamida Rossiya flotining bir qismini yöq qilişga imkon bermaslik orqali Mask bu flotdan Ukraina şaharlari «Kalibr» raketalari yordamida öqqa tutilişiga imkon yaratib berdi. Bu vaziyatdan bexabarlik va katta ego oqibatidir. Şu örinda savol tuğiladi: nega ba’zi odamlar harbiy jinoyatçilarni va ularning odamlarni öldirişga intilişini qöllab-quvvatlaşadi? Ular nahot zulmga da’vat qilayotganini tuşunmasa?» dedi Podolyak.
Şu tariqa, Mask özi xohlab yoki xohlamay Ukrainadagi uruşga ta’sir qila oladigan odamga aylanib qoldi. Buni AQŞ hukumatidagilar ham rad eta olmaydi, deyiladi CNN maqolasida.
Rossiyaning Ukrainadagi uruşida Maskning roli qanday?














