Kim Chen In Rossiyaga bormoqda. Kreml tasdiqladi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga boradi. Bu ma’lumotni Kreml rasman tasdiqladi.

Foto: AP
«Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan KXDR davlat ishlari raisi Kim Chen In yaqin kunlarda Rossiyaga keladi», deb yozildi Kreml rasmiy Telegram-kanalida.
Bu xabar e’lon qilinishidan bir soat avval Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov rossiyalik jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida Kim Rossiyaga borishini tasdiqlamagandi.
Bir qator nashrlarning yozishicha, ichida Shimoliy Koreya yetakchisi bo‘lgan poyezd allaqachon Rossiya tomon yo‘lga chiqqan. Ushbu ikki davlat umumiy chegaraga ega bo‘lib, KXDRdan Rossiyagacha poyezdda yetib borish mumkin.
Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shimoliy Koreyaga borgan, u bilan uchrashuvda Kim Chen In ilk marta mamlakatda ishlab chiqarilgan harbiy dronlarni ko‘rsatgandi. Keyinchalik OAVda Kim Chen In Rossiyaga borib, Putin bilan qurol-yarog‘ yetkazib berish masalasini muhokama qilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

21:28 / 02.07.2025
Moskva markazida ichida FSB veteranlari bo‘lgan mashina portlab ketdi

16:04 / 01.07.2025
Kim Chen In Ukrainada halok bo‘lgan KXDR askarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi

10:48 / 01.07.2025
Kim Chen In «aqlga sig‘mas hodisa»ga guvoh bo‘ldi: uning yangi esminetsi suvga tushirish chog‘ida ag‘darilib ketdi

14:51 / 26.06.2025