Toşkent şahridagi “MY-CARS” avtosalonidan maşina olmoqçi bölgan bir guruh fuqarolar aldanib qolişdi. MY5 telekanali Markaziy studiya körsatuvi tayyorlagan lavhadan ma’lum bölişiça, avtosalon öz reklamalarida heç qanday foizlarsiz, bölib tölaş şarti bilan maşina olib berişni va’da qilgan. 

“Ular juda ustakorlik bilan bizni rom qilib qöydi. Maşinalarni körgandan söng çöntagimizdagi pulimizni qanday berganimizni özimiz ham bilmay qoldik”, deya ta’kidlagan jabrlanuvçilardan biri.

Avtosalon xodimlari respublikaning turli hududlarida yaşovçi 34 nafar mijoz bilan şartnoma tuzgan hamda 1 yil içida 3 mlrd sömdan ortiq mablağ töplagan. Tölovlar uçun kvitansiyalar ham taqdim etişgan.

Hozirgi kunda avtosalon maşinalardan böşab qolgan. Jabrlanuvçilarga köra, 10 kundan beri uning eşiklari yopiq, xodimlar qönğiroqlarga javob qaytarmayapti ekan.

Ma’lumotlarga köra, hozirda gumonlanuvçi şaxs uşlangan va tergov-suriştiruv harakatlari boşlangan.

Oldinroq Toşkentda 248 nafar fuqaroga avtomaşina olib berişni va’da qilib, 12 mlrd söm olgan UzAvto Premium va Avto A’lo Group MT kompaniyalari rahbarlariga nisbatan sud hukmi öqilgandi.