Özbekiston Markaziy banki 18 sentabrdan boşlab tijorat banklari uçun valuta operatsiyalariga qöyiladigan talablarni kuçaytirmoqda. Bu haqdagi qaror Markaziy bank Bank nazorati qömitasining 15 sentabr kungi yiğilişida, söngra regulyator rahbariyati tomonidan qabul qilingan. Bu haqda bank sohasidagi bir neçta mustaqil manbalariga asoslanib, Gazeta.uz xabar bermoqda.
Ma’lum bölişiça, xöjalik yurituvçi sub’yektlarning xorijiy valutani xarid qiliş va valuta operatsiyalari bilan boğliq operatsiyalari endilikda faqatgina ularning asosiy hisobvaraği oçilgan banklar tomonidan amalga oşirilişi talab etiladi.
Bundan taşqari, banklarga çet el valutasini tadbirkorlarga sotiş bilan boğliq operatsiyalar ustidan qat’iy nazorat örnatiş topşirildi. Tadbirkorlarga xorijiy valutani sotiş banklarning tarkibiy bölinmalari – banklar raislarining örinbosarlari rahbarligidagi ekspert guruhlari xulosalari asosida amalga oşiriladi.
Şuningdek, banklarga mijozlarning asosiy hisobvaraqlaridagi milliy valutadagi mablağlarini valuta konvertatsiyasi maqsadida boşqa banklardagi ikkilamçi hisobraqamlarga ötkaziş ham taqiqlanadi.
Bundan taşqari, banklarga mijozlari bölgan xöjalik yurituvçi sub’yektlarning boşqa banklarda oçilgan ikkilamçi maxsus valuta hisobvaraqlarini yopiş çoralarini köriş topşirildi. Boşqaça aytganda, mijozlar boşqa banklardagi maxsus hisobvaraqlarini yopişi, faqat bitta hisobvaraqqa ega bölişi, ya’ni konvertatsiyani faqat bitta bank orqali amalga oşirişi kerak.
Qayd etilişiça, sotib olingan valutaning mamlakat içida buxgalteriya hisobi va harakatini yuritiş maqsadida valuta ayirboşlaşda maxsus valuta hisobvaraqlaridan foydalaniladi. Maxsus hisobvaraqda ayirboşlangan valuta import şartnomasi böyiça tölovni amalga oşiriş yoki konvertatsiyadan közda tutilgan boşqa maqsadlarda işlatilişi mumkin. Eksportdan yoki boşqa tuşumlardan (ustav, qarz) keladigan erkin valuta mijozlarning joriy valuta hisobvaraqlariga tuşadi.
Bundan taşqari, naşr manbasiga köra, qanoatlantirilgan arizalar böyiça operatsiyalarni valuta sotib olingan kundan boşlab













